IT Park Uzbekistan’ning rasmiy rezidenti →
Barcha loyihalar
ELD · Logistika

ITERA Green

AQShdagi yuk mashinasi haydovchilari uchun ELD ilova: ish va dam olish vaqti hisobi, kunlik loglar, DOT tekshiruvi rejimi va quyosh paneli monitoringi — barchasi bitta ilovada.

ITERA Green — ELD · Logistika
Mijoz
ITERA Green
Soha
Logistika · Yuk tashish (AQSh)
Deadline
Apr 2025 → hozirgachaDavom etmoqda
Muddat
1,5 yildan ortiq
Jamoa
7 kishi
Platformalar
iOS, Android

Vazifa

AQShda har bir yuk mashinasi haydovchisi ish soatlarini FMCSA talablari bo‘yicha elektron qayd etishi shart. Mavjud ELD ilovalar chalkash: statusni almashtirish, limitlarni tekshirish yoki logni tasdiqlash uchun haydovchi yo‘lda bir nechta ekranni aylanib chiqishi kerak edi. Bitta xato esa jarima va DOT tekshiruvida muammo degani.

Yechim

Haydovchi uchun bitta asosiy ekran: Break, Drive, Shift va Cycle taymerlari real vaqtda ko‘rinadi, status (ON, Sleep, OFF, PC, YM) bir bosishda almashadi. Kunlik loglar grafik ko‘rinishida va bitta tugma bilan tasdiqlanadi. DOT inspektori uchun alohida rejim, hujjatlar va dispetcher bilan chat bor. Qo‘shimcha ravishda ilova mashinadagi quyosh paneli va akkumulyator holatini kuzatadi.

Ekranlar

Bosqichlar va muddatlar

  1. 01Apr 2025
    Tadqiqot: FMCSA talablari va haydovchilar bilan suhbatlar
    Bajarildi
  2. 02Iyun 2025
    UX prototip va dizayn tizimi
    Bajarildi
  3. 03Sen 2025
    MVP: HOS taymerlari, loglar, ELD qurilmaga ulanish
    Bajarildi
  4. 04Fev 2026
    Haydovchilar bilan beta-test va takomillashtirish
    Bajarildi
  5. 05Hozir
    Yangi modullar: DOT inspeksiya, hujjatlar, quyosh paneli
    Hozir ustida ishlayapmiz
Keyingi loyiha
Yunix

Loyihangizni muhokama qilaylik

Qanday tizim kerakligini ayting — biz savollar, taxminiy ko‘lam va keyingi qadamlar bilan qaytamiz.